La Liga. "Barselona" "Valyadolid"ni kichik hisobda mag‘lub etdi

Sport 02:45 / 17.02.2019 8061

Ispaniya chempionati 24-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. 

"Barselona" o‘z maydonida "Valyadolid"ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 43-daqiqada Messining penaltini aniq amalga oshirishi natijasida kiritildi. 

"Real Sosedad" esa "Leganes"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.

Barselona – Valyadolid 1:0

Gol: 1:0 – 43, penalti Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Vermalen, Vidal, Buskets, Boateng (Suares, 60), Alenya (Rakitich, 76), Dembele (Koutino, 70), Messi.
Valyadolid – Masip, Kiko Olivas, Kalero, Martines, Xoakin Fernandes, Michel, Anuar, Verde (Toni, 67; Plasa, 76), Antonito, Serxi Gvardiola, Unal (Keko, 79).
Ogohlantirishlar: Unal (11), Anuar (34), Messi (67), Michel (70).

Real Sosedad – Leganes 3:0

Gollar: 1:0 – 50 Oyarsabal, 2:0 – 59 Oyarsabal, 3:0 – 75 Villian Joze.

Ko‘proq yangiliklar: