Eron yangi suv osti kemasini namoyish qildi

Foto: tasnimnews.com
Eron 17 fevralda o‘zi ishlab chiqargan, qanotli raketalar bilan jihozlangan yangi suv osti kemasi “Fotih”ni namoyish qildi. Suv osti kemasi taqdimotini Press TV telekanali olib borgan.
Tantanali marosim mamlakat janubidagi Bandar-Abbos port shahrida bo‘lib o‘tgan. Marosimda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham ishtirok etgan.
“Fotih” suv osti kemasi 600 tonna keladi, o‘z ichiga torpedo, dengiz minalari va qanotli raketalarni oluvchi eng zamonaviy qurolga ega, ular suv ostidan suv sirtidagi nishonlarga otilishi mumkin”, deyilgan xabarda.
Kemaning maksimal sho‘ng‘ish chuqurligi 200 metrdan ko‘proqni tashkil qiladi va bunday chuqurlikda 5 haftagacha ishlay oladi.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025