AQSh Yaponiyadan Tramp nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surishni so‘ragan 

Jahon 21:45 / 17.02.2019 5668

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Vashington iltimosi bilan AQSh prezidenti Donald Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti olishga ilgari surgan. Bu haqda Yaponiya hukumatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda “Asaxi simbun” yapon nashri xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh hukumati Tramp 2018 yilda Singapurda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashgandan keyin Tokiodan Tramp nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surishni “norasmiy” tarzda so‘ragan.

Abe 2018 yil kuzda Trampning nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surgan. Arizalar fevralgacha qabul qilingan.

Tramp 15 fevralda Nobel mukofotiga loyiqligini, biroq uni ehtimol hech qachon olmasligi mumkinligini aytgan.

“Menga kelsak, men ehtimol hech qachon uni olmasam kerak, biroq hechqisi yo‘q. Ular uni Obamaga berishgan, u esa uni hattoki nima uchun olganini bilmagan”, deb aytgan Tramp Oq uyda jurnalistlar savoliga javoban.

AQShning Trampdan oldingi rahbari Barak Obama 2009 yilda prezident lavozimini bajarishga kirishishi bilanoq Nobel mukofoti bilan taqdirlangandi. Nobel qo‘mitasi a'zolari Obamaning “xalqaro diplomatiya va odamlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi” sa'y-harakatlarini mukofotga loyiq deb topishgan. Biroq keyinroq vaqt o‘tishi bilan mukofot “oqsoqollari” bu qarorlaridan afsuslanishgan.

Ko‘proq yangiliklar: