Ukraina harbiy maqsadlar uchun AQShdan qariyb 700 mln dollar oladi

Jahon 13:53 / 16.02.2019 5888

AQSh prezidenti Donald Tramp kongress tomonidan tasdiqlangan, Kiyevga qariyb 700 mln dollar miqdorida yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari to‘plamini imzoladi, deya xabar beradi Ukrainaning AQShdagi elchixonasi feysbukda.

Vakolatxonaning ta'kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati moliyaviy ko‘mak hajmini sezilarli darajada oshirgan.

Qayd etilishicha, AQSh Ukrainaga 445,7 million dollar ajratadi. Biroq, Pentagon davlatni qo‘llab-quvvatlash uchun 250 million dollar yo‘naltirilgani hisobga olinib, umumiy qiymat 695,7 million dollarni tashkil etadi.

Aniqlik kiritilishicha, qo‘shimcha mablag‘larning asosiy qismi «Xalqaro harbiy moliyalashtirish» dasturi bo‘yicha Ukrainani harbiy-texnik qo‘llab-quvvatlash uchun sarf-xarajatlarni 115 mln dollarga oshirishga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiyaga qarshi 124 sahifalik sanksiyalar to‘plami qachon qabul qilinishini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: