Testlar o‘tkaziladigan binolar barmoq izlarini tekshiruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi 

Jahon 13:06 / 16.02.2019 8551

O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar barmoq izlarini tekshiruvchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan “Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat loyihasida aytilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi test sinovlari jarayonini yoritish maqsadida:

shaxsni identifikatsiyalash vositalari;
videofiksatsiya qurilmalari;
mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel);
barmoq izlarini tekshiruvchi;
metallodetektorlar;
monitorlar bilan har yili test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni jihozlaydi.

2020 yildan boshlab Davlat test markazini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi (glushitel), barmoq izlarini tekshiruvchi, videokuzatuv kameralari hamda audioyozuv qurilmalari xarid qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTMga test sinovlari bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi kutilayotgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: