Sudan elektr energiyasiz qoldi

Jahon 08:53 / 16.02.2019 9990

Sudanning Suv resurslari, irrigatsiya va elektrlashtirish vazirligi mamlakat elektr energiyasidan butunlay uzilib qolgani haqida ma'lumot berdi. Bu haqida Al-Arabiya xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda milliy boshqaruv markazining muhandislari va texnik xodimlari elektr tarmoqlar ta'minotini asta-sekin tiklash maqsadida stansiyalarni qayta ishga tushirishni boshlashdi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yil boshidan buyon bu elektr uzilishi mamlakatdagi to‘rtinchi holatga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sudanda mudhish YTH yuz bergani tufayli 14 kishi halok bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: