Portugaliyaning «Nasonal» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov yangi jamoasi tarkibidagi gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi.
27 yoshli futbolchi Portugaliya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Feyrensi» klubiga qarshi o‘yinda het-trikka erishdi. Uning jamoasi esa 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bu natijadan so‘ng, «Nasonal» 23 ochko bilan 12-o‘ringa ko‘tarildi, «Feyrensi» esa 14 ochko bilan so‘nggi – 18-o‘rinda bormoqda.
Portugaliya chempionati, 22-tur
16 fevral
Nasonal – Feyrensi 4:0
Gollar: Rashidov (12, 54, 67), Roches (80)