Sankt-Peterburgdagi universitetlardan birida shift qulab tushdi

Jahon 23:46 / 16.02.2019 9944

NTV telekanali Sankt-Peterburgdagi Informatsion texnologiyalar, mexanika va optika universitetida (ITMO) shift qulab tushishi aks etgan videolavhani namoyish etdi.

Hodisa bino ichida bo‘lgan guvohlardan biri tomonidan yozib olingan. Lavhada devor va shiftdan suvoq ko‘chishi, so‘ngra shift qulashi aks etgan.

Voqea Lomonosov ko‘chasidagi 9-uyda yuz bergan.  

Rossiya FVVning ma'lum qilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Binodan 81 kishi evakuatsiya qilingan.

Mazkur voqea yuzasidan qurilish ishlarida xavfsizlik qoidalarining buzilishi bo‘ycha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: