Qashqadaryoda chorva o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Jamiyat 11:13 / 16.02.2019 11128

2019 yil 8 fevral kuni noma'lum shaxs Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida yashovchi G‘.J.ga tegishli, fermer xo‘jaligi hududidagi qo‘yxonadan 15 bosh qo‘y va    1 bosh echkisini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni vaqtincha Qarshi shahar Otchopar mahallasida yashovchi Sh.B. va Aralovul mahallasida yashovchi A.Z. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 2019 yil 11 yanvar kuni noma'lum shaxs Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi B.X.ning, uyi oldidagi qo‘yxonasidan 12 bosh qo‘ylarini o‘g‘irlab ketgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Koson tumani Bo‘ston qishlog‘ida yashovchilar X.J., G.B., Yakkasaroy mahallasida yashovchilar H.X., J.Q. va Z.R. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi IIV xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: