Poroshenko Rossiyaga qarshi 124 sahifalik sanksiyalar to‘plami qachon qabul qilinishini aytdi

Jamiyat 08:37 / 16.02.2019 8643

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat TIV rahbari Pavel Klimkinga Kerch bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan voqea tufayli Rossiyaga qarshi 124 sahifadan iborat sanksiyalar to‘plamini muhokama qilish uchun xalqaro hamkorlar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasi yakunlari bo‘yicha shunday bayonot bilan chiqqan.

«Men yaqin vaqt ichida, kelasi hafta boshida Bryusselda, Ukraina bilan sa'y-harakatlar muvofiqlashtirib olingach, sanksiyalar albatta qabul qilinadi, deb ishonch bildiraman», - dedi Poroshenko. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina MDHning iqtisodiy komissiya to‘g‘risidagi kelishuvidan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: