Pens YeIni Eron yadro bitimidan chiqib ketishga chaqirdi

Jahon 16:59 / 16.02.2019 6843

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensning ma'lum qilishicha, Yevropa AQSh kabi yo‘l tutishi hamda Eron yadro bitimidan voz kechishi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bu Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida yuz bergan.

«Yevropalik sheriklarning biz va Eron xalqi, mintaqamizdagi ittifoqchilarimiz hamda do‘stlarimiz bilan birga bo‘lishi vaqti keldi. Yevropalik sheriklarning yadro bitimidan voz kechishi vaqti keldi», - deya ta'kidlab o‘tdi Pens.

2018 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp 2015 yilgi Eron yadro bitimidan chiqib ketish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Keyinchalik, Amerikaning Tehronga nisbatan sanksiyalari tiklandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eronga qarshilik qilmasdan turib Yaqin Sharqda tinchlikka erishib bo‘lmasligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: