“O‘zRTXB” fyuchers bozorlari assotsiatsiyasining to‘la huquqli a'zosiga aylandi

Iqtisodiyot 14:48 / 16.02.2019 5131

2019 yil fevral oyida “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ kelgusida xalqaro munosabatlar va O‘zbekistonda muddatli bozor savdosini rivojlantirish bo‘yicha muhim qadam tashladi. “O‘zRTXB” AJ Fyuchers bozorlari assotsiatsiyasining to‘la huquqli a'zosiga aylandi (Association of Future Markets, AFM).

O‘zRTXB uchun Fyuchers bozorlari assotsiatsiyasiga a'zo bo‘lishi orqali birja savdolarini rivojlantirish, muddatli tovar bozorini joriy qilish, birja savdolari instrumentlarini kengaytirish, birjada fyuchers va forvard bitimlarini imzolash tizimini shakllantirish, shuningdek, xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun imkoniyatlar ochadi. Assotsiatsiyaga a'zo bo‘lishdan ko‘zlangan yana bir maqsad shuki, sherikchilik munosabatlarini kengaytirish, xalqaro va birjalararo aloqalarni rivojlantirish, tashkiliy tuzilmani takomillashtirish, hamda rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashdir.

Yaqin kelajakda “O‘zRTXB” AJ va Fyuchers bozorlari assotsiatsiyasi o‘rtasida bozor kon'yunkturasi bo‘yicha fikr almashish, istiqboldagi taraqqiyot maqsadlarini aniqlash, shuningdek hamkorlikda tadbirlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Ma'lumot uchun: Fyuchers bozorlari assotsiatsiyasi – xalqaro notijorat tashkilot bo‘lib, turli mamlakatlarning birjalari, kliring va boshqa tashkilotlarini birlashtiradi. Assotsiatsiya 1998 yilda Buenos-Ayresda (Argentina) tashkil etilgan. Ayni vaqtda Budapesht tovar birjasi, Markaziy depozitariy, Ruminiya tovar birjasi, Buenos-Ayres fyuchers birjasi, Amsterdam tovar birjasi, Janubi-Afrika fyuchers birjasi, Varshava tovar birjasi va Malayziya derivativlar birjasi Fyucherslar bozori assotsiatsiyasining a'zolari hisoblanadi.

Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi yangi derivativ bozorlarni yaratishda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, a'zo tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirish maqsadida xalqaro anjumanlarni tashkil etishdir.

Ko‘proq yangiliklar: