Livan shimolida IShIDning olti nafar yetakchisi qo‘lga olindi

Jahon 20:32 / 16.02.2019 7803

Livan armiyasi maxsus xizmati IShID terrorchi guruhida yuqori lavozimda bo‘lgan olti nafar xavfli terrorchini qo‘lga oldi. bu haqda An-Nashra portali xabar berdi.

Portal xabariga ko‘ra, Livan shimolidagi Xermel tumanida o‘tkazilgan operatsiyada IShID dala qo‘mondonlaridan biri Muhammad Xolid al-Haj qo‘lga olingan. U so‘roq qilinganidan so‘ng IShID “amiri” hisoblangan Ahmad Mansur al-Halaf va yana to‘rt nafar terrorchi ushlangan.

Portalning bildirishicha, ularning barchasi Livanga Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidan qochib o‘tishgan.

Fevral oyi boshida Tripoli shahrida qo‘poruvchilik harakatini tayyorlayotgan IShIDning to‘rt nafar jangarisi qo‘lga olingandi.

Ko‘proq yangiliklar: