Gruziyada o‘zbekistonlik ayol 12 yilga qamaldi

Jahon 13:58 / 16.02.2019 27403

Batumi shahar sudi o‘zbekistonlik ayolni 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U o‘z vatandoshini Gruziyada fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan, deb xabar bermoqda Sputnik Gruziya mamlakat Bosh prokuraturasiga tayangan holda.

Ish materiallarida aytilishicha, 2018 yilning yanvarida ayol O‘zbekistonda bo‘lgan yurtdoshi bilan bog‘lanib, uni Gruziyada ishlashga taklif qilgan. U rozi bo‘lgan hamda 2018 yil fevral oyida Gruziyaga kelib, Qora dengiz bo‘yidagi Batumi kurort shahrida ijara uyga joylashgan.

Keyinchalik uni Gruziyaga taklif qilgan ayol pasportini olib qo‘yib, shaharda erkin harakatlanishni taqiqlagan va fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab, pullarni o‘ziga olgan. Ayolni Batumi va Adjariyaning Xelvachaur tumanidagi tungi klublar, mehmonxonalar hamda restoranlarga tungi vaqtda majburlab olib borishgan.

Politsiya jinoyat ishi ochganida, gumonlanuvchi g‘oyib bo‘lgan. 2018 yil may oyida u qidiruvga berildi, 14 kundan keyin esa Axalkalaki (Samsxe-Javaxeti mintaqasi) shahrida qo‘lga olindi.

Ko‘proq yangiliklar: