Erdo‘g‘an C-400 majmuasini sotib olish bo‘yicha shartnomani bekor qilmasligini bildirdi

Jahon 18:42 / 16.02.2019 11913

Turkiya Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olish bo‘yicha shartnomani bekor qilmaydi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.  

«Biz Rossiya bilan S-400 bo‘yicha shartnoma tuzdik va ortga qaytishimiz haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas. Tamom-vassalom», — dedi Erdo‘g‘an. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya AQShdan Patriot tizimini sotib olish uchun ochiq, faqat shartnoma Turkiya manfaatlariga xizmat qilishi lozim. 

Avvalroq AQSh rasmiylari 15 fevralgacha Turkiyadan ogohlantirishga javob berishni so‘ragandi: agar Anqara Rossiya bilan S-400 majmuasini sotib olish bo‘yicha shartnomani bekor qilmasa, Vashington qiymati 3,5 mlrd dollar turadigan Patriot raketa majmuasini sotib olish haqidagi taklifini qaytarib oladi. 

Bundan tashqari, Lockheed Martin F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha ham kelishuv xavf ostida qolishi, Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi mumkinligi aytilgan.

Ko‘proq yangiliklar: