Avstriya tashqi ishlar vaziri Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari tafsilotlari haqida ma'lum qildi

Jahon 23:32 / 16.02.2019 11776

Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalari ma'lum bir shaxslarga qarshi qaratilgan. Bu haqda Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada ma'lum qildi.

"Gap "yumshoq sanksiyalar", ya'ni energetika, tovar almashish va boshqa shu kabi sohalarga emas, ma'lum bir shaxslarga qaratilgan sanksiyalar haqida bormoqda. Masalan, viza olish jarayonini qiyinlashtirish yoki rad etish bo‘lishi mumkin. Bu masala YeI elchilari darajasida muhokama qilingan va biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz", dedi Knaysl.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya gap xalqaro huquqning buzilishi haqida borganida aniq nuqtai nazarda bo‘lishini bildirdi.

15 fevral kuni Bloomberg agentligi o‘z manbasiga tayanib, YeI Kerch bo‘g‘ozidagi voqea sababli sakkiz kishiga nisbatan sanksiya kiritishga kelishib olganini ma'lum qilgandi. Manba sanksiyalar kimlarga nisbatan joriy etilishini aytmagan.

O‘tgan yil 25 noyabrda Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdyansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini buzib, vaqtinchalik yopilgan hududga kirib, chegarachilar talablariga javob bermagan, barcha uch kema va ulardagi ekipaj ushlangandi

Ko‘proq yangiliklar: