AQSh bayonot berdi: venesuelalik generallar muxolifat bilan maxfiy muzokaralar olib boryapti

Jahon 12:52 / 16.02.2019 13635

Venesuela harbiylari muxolifat bilan muzokaralar olib bormoqda, deya ma'lum qildi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

«Muhim generallar, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlayotgan yirik shaxslar muxolifat bilan muntazam muloqot olib bormoqda, - deya ma'lum qildi Bolton. - Bu ochiq ketmayapti, ammo muzokaralar davom etmoqda».

Trampning maslahatchisi ta'kidlashicha, Venesuelada 2 ming nafar general bor - bu NATOga mamlakatlaridan ham ko‘p bo‘lib, korrupsiyaning asl sababidir.

O‘z navbatida, Maduro AQShni o‘z mamlakatini tinch qo‘yishga chaqirdi. «Donald Tramp, Venesueladan qo‘lingizni torting. Venesuela rivojlanib ketadi», - deya ma'lum qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro AQSh bilan maxfiy uchrashuvlar haqida ma'lum qilgani, Bolton «oqibatlar» bo‘yicha ogohlantirgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: