2019 yilda Toshkent metropolitenining nechta yangi bekati ishga tushishi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 23:12 / 16.02.2019 44610

Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha  o‘rinbosari Davron Hidoyatov joriy yilda Toshkent metropolitenining 14ta yangi bekati foydalanishga topshirilishini aytdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

«Yunusobod tumanida qurilayotgan yerosti metrosining ikkita bekati ishga tushadi. Shuningdek, yerusti Yashnobod metro yo‘nalishi ham foydalanishga topshiriladi. Bu yo‘nalishda 12ta bekat ishga tushadi», — deydi hokim o‘rinbosari. 

Toshkent shahrida metropolitenga bog‘liq uchta loyiha amalga oshirilmoqda — Sergeli, Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish hamda metro xalqa yo‘lini barpo etish ishlari. 2017 yili hukumat metropolitenning Yunusobod yo‘nalishida yakunlanmay qolgan ishlarni tugatishga qaror qildi. Ushbu yo‘nalishda qurilishi nazarda tutilgan liniyaning uzunligi 2,9 kmni tashkil etadi. 

Bundan tashqari, umumiy uzunligi 52,1 kmni tashkil etuvchi yerusti metro xalqa yo‘li (MXY) ham qurilmoqda. MXYda harakatlanishning o‘rtacha tezligi 60 km/s, umumiy liniyani bosib o‘tish uchun 1 soat-u 10 daqiqa talab etishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: