Toshkent davlat stomatologiya instituti mutaxassislarni tayyorlash sohasida ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi

Jamiyat 14:03 / 15.02.2019 3393

Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti tomonidan o‘tkaziladigan ButunRossiya stomatolog talabalar olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Institutning 5-kurs talabasi Sardor Xaytmetov olimpiadaning mutlaq g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa, Farruh Mingboyev va Boburjon Hamidov ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Joriy yilda tashkil etilgan olimpiadada MDH davlatlarining 45 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi. 

2017 yilda o‘tkazilgan olimpiadada ham 50 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari chempion bo‘lishgan edi. 

Shu tariqa Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘tgan uch yil ichida stomatologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlashda ikkinchi bor xalqaro darajada tan olindi.

Ko‘proq yangiliklar: