Sayyohlarga Everestga ko‘tarilish taqiqlanadi

Jahon 22:58 / 15.02.2019 6657

Xitoy hukumati Everestning Tibetdagi tayanch lagerini to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash uchun noma'lum muddatga sayyohlar uchun yopishga qaror qildi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi. 

Oddiy sayyohlarga 5 ming metr balandlikdagi Rongbuk monastiri atrofidagi hududlarga tashrif buyurishga ruxsat beriladi.

5 ming metrdan yuqoriroqda joylashgan tayanch lageriga cho‘qqiga ko‘tarilishga ruxsat olganlar tashrif buyura oladi. Joriy yilda 300 ga yaqin alpinistga ko‘tarilishga ruxsat berilgan. Oddiy sayyohlarga esa ko‘tarilish taqiqlanadi.

Cho‘qqiga ko‘tarilishga rusxat oladigan alpinistlar qat'iy ekologik qoidalarga amal qilishlari, jumladan ular o‘z ortlaridan chiqindilarni olib ketishlari kerak bo‘ladi. 

Shuningdek, to‘planib qolgan chiqindilarni tozalash uchun 200 kishidan iborat guruh tashkil etiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: