Floyd Meyvezer Yaponiyada yana bir jang o‘tkazadi

Sport 20:16 / 15.02.2019 9302

TMZ portalining xabar qilishicha, 41 yoshli bokschi Floyd Meyvezer Yaponiyada yana bitta ko‘rgazma jang o‘tkazadi. Biror marta mag‘lub bo‘lmagan sportchi iyulda yaponiyalik sobiq bokschi bilan jang o‘tkazadi. Hozircha bu bokschining kimligi noma'lum. Meyvezer 3 raund davom etadigan jang uchun 10 mln dollar oladi. 

Amerikalik 2018 yil 31 dekabrda Tokioda Rizin shousi doirasida yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukava bilan boks jangi o‘tkazib, raqibini 1-raundda nokautga uchratgandi. Meyvezer ushbu jangi uchun 9 mln dollar olgan.

Ko‘proq yangiliklar: