​Avtomobil-yo‘l xo‘jaligi kadrlarini tayyorlash tizimiga bo‘lgan ulkan e'tibor

Jamiyat 17:51 / 15.02.2019 2876

Biz bundan 28 yil burun tanlagan o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limizni tarixan nechog‘li to‘g‘ri ekanligini zamonning o‘zi isbotlab kelmoqda. Davlatimiz,diyorimiz, jamiyatimiz va har bir inson hayoti tobora farovonlashmoqda. Bugungi kunda mamnunlik va shukronalik, o‘z iqboli, istiqboli,ertangi kuniga ishonch,Prezidentimiz belgilab bergan taraqqiyot yo‘liga e'tiqod har bir O‘zbekistonlik qalbiga jo bo‘lib, hayoti va faoliyati mezoniga aylandi.

Mamlakatimizda so‘nggi ikki-uch yil ichida amalga oshirilgan tub islohotlar doirasida yo‘lsozlikni rivojlantirishga ham katta e'tibor qaratildi.Sohaga malakali kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi tizimi shakllantirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775 sonli “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filiallarini ochish vazifalari qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan moliyalashtirilishi hisobiga Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti dunyoning bir qator rivojlangan davlatlarining, jumladan, Germaniya Drezden texnika universiteti va SES (Senior Expert Service) tashkiloti,Polsha Gdansk texnologiya universiteti, AQSh Kaliforniya universiteti, Yaponiya JICA tashkiloti,Singapur milliy universiteti,Xitoy Chanan universiteti, Moskva avtomobil yo‘llari davlat texnika universiteti bilan tuzilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi asosida ta'lim sifati va sohani raqobatbardosh kadrlar bilan ta'minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta'lim sifatini oshirishda xalqaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida institut xorijiy hamkorlari bilan o‘zaro professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini amalga oshirish, qo‘shma fakultet tashkil qilish, xorijiy davlatlarda talabalar amaliyotini tashkil etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, qo‘shma adabiyotlar chop etish masalalarini rivojlantirish hamda avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi jarayoni, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, avtomobil harakat oqimini samarali boshqarishda halqaro maydonda keng foydalanilayotgan zamonaviy dasturiy ta'minotlar litsenziyalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi homiyligi asosida joriy yilning mart oyida AQSh Kaliforniya universiteti professori Sh.M.Taxirov, may oyida Singapur milliy universiteti professori, Singapur yo‘l qoplamalari Assotsiatsiyasi Prezidenti, Alfred Noubl (Alfred Noble) nomidagi Amerika Injyenerlar jamiyatining 2008 yil eng yaxshi maqola nominatsiyasi laureati Fua Tin, mart-may oylarida Germaniya davlatidan Ralf Urban, Ervin Flyaysher, Volf Diter Keppler, Diter Bergemann hamda Koreyaning National Research tashkiloti eksperti Pyong Un Che Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti talabalariga ma'ruza va amaliyot darslarini o‘tadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbariyati tashabbusi bilan 2019 yilda institutning 50 ga yaqin professor-o‘qituvchilari Germaniya, Polsha, Italiya, Koreya va Rossiya davlatlariga maqsadli malaka oshirish va stajirovkaga yuborilmoqda. Malaka oshirish va stajirovka natijasida chet el tajribalari asosida o‘quv jarayoniga zamonaviy dasturiy ta'minotlarni joriy etiladi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi instituti bilan hamkorlikda dasturiy ta'minotlarning litsenziyalarini xarid qilish bo‘yicha chet el bilan muzokaralar olib bormoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining zamonaviy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha olib borayotgan islohotlari ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda, institutning ilmiy salohiyatini va kadrlar malakasini muqarrar oshirishda, talabalar bilimini mustahkamlashda hamda ishlab chiqarishni ta'lim bilan integratsiyasi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shubhasiz, o‘z kasbining yetuk vakillari bo‘lgan, yuksak intellektual salohiyatga ega, raqobatbardosh, malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishi bilan ham g‘oyat muhimdir.Binobarin, sohada yuz berayotgan o‘zgarishlarni fuqarolarimiz, qolaversa jahon hamjamiyati katta qiziqish bilan qarshi olmoqda.Albatta, bu o‘zgarishlardan ko‘zlangan maqsad farzandlarimizning sifatli va samarali bilim olishini ta'minlash, oliy o‘quv yurtlarini chinakam ilm-ma'rifat maskaniga aylantirishdir.

TAYLQE axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: