«Real», «Barselona» va «MYu» «yangi Ronaldu» uchun raqobat qilmoqda

Sport 16:53 / 14.02.2019 24364

«Manchester Yunayted» «Benfika»ning 19 yoshli hujumchisi Joau Felishni safga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

The Sun manbasi ma'lumotiga ko‘ra, «MYu» skautlari bir necha oydan buyon ushbu yosh iqtidorni kuzatishmoqda. Bu futbolchiga shuningdek «Bavariya», «Barselona» va «Real» ham jiddiy qiziqib qolgan. 

Qayd etilishicha, «MYu» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ole Gunnar Sulsher portugaliyalik futbolchi transferi uchun 100 million funt sarflashga tayyor. 

Felish Portugaliyada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi chempionatda 13 uchrashuvda maydonga tushgan va 7 gol urib, 3 golga uzatma bergan. Endilikda uni OAVda yangi Krishtianu Ronaldu deb atashmoqda.

Ronalduning o‘zi ham 3 fevral kuni «Joze Alvalade» stadioniga kelib, «Benfika»ning «Sporting»ga qarshi o‘yinini kuzatgan, bu o‘yinda Felish bitta gol urgan. 

Felishning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2023 yilga qadar tuzilgan, uning badal puli miqdori 120 million yevro etib belgilangan. 

Ko‘proq yangiliklar: