​Nima uchun terlaymiz? Badbo‘y hidni yo‘qotishning oddiy va oson usullari

Jamiyat 16:19 / 14.02.2019 65854

Har bir insonning o‘z ifori bo‘ladi. Lekin inson tanasining hidi juda ham kuchli va sezilarli bo‘lsa, u odamlarni o‘zidan itara boshlaydi. Bu jiddiy muammoga aylanishi mumkin.

Tananing yoqimsiz hidi nafaqat atrofdagilarga, balki insonning o‘ziga ham zararlidir. Afsuski, ayrim hollarda bu muammodan aziyat chekuvchilar badbo‘y hidga moslashib qolganliklari uchun uni sezishmaydi.

Sabablar

Bakteriyalar terlash kuchli bo‘lgan tana a'zolarida ko‘payishni boshlaydilar. Inson organizmida ikki turdagi teri bezlari mavjud: butun tanada joylashgan tashqi sekretsiya bezlari va o‘smirlik davrida faollashuvchi, tananing soch o‘suvchi qismlari (qo‘ltiq, peshana va h.k)da joylashgan apokrin bezlari. Aynan apokrin bezlari yog‘li moddalarni ishlab chiqarib, yoqimsiz hidni paydo qiladi.

Shuningdek, achchiq taomlar, sarimsoq, piyoz, karri va boshqa oziq-ovqatlar ham badbo‘y hidga sabab bo‘ladi.

Nima qilish kerak?  

Agarda muntazam ravishda gigiyena qoidalariga rioya qilinsa, yoqimsiz hiddan xalos qilish mumkin. Terlash kuchli bo‘lgan holatlar yoki jismoniy harakatlardan so‘ng albatta, yengil dush qabul qilish maqsadga muvofiq. Antibakterial sovunlar yoki gellardan foydalaning. Teri ko‘p terlaydigan yerlar (ko‘krak, bo‘yin, qo‘ltiq osti)ga maxsus talkdan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘p terlaydigan insonlar dermatolog maslahatini olsa ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Eng asosiysi, qo‘ltiq ostiga albatta, sifatli va sinovdan o‘tgan dezodorant yoki antiperspirant surib yurish zarur.

Profilaktika choralari 

Gigiyenaga rioya qiling. Masalan, har kuni bir marotaba dush qabul qiling. Kuchli terlashdan yiroq bo‘ling. Konditsionerli yoki salqin yerlarda yurishga va yoningizda yelpig‘ich olib yurishga harakat qiling. Tanadagi terini uzoq vaqtgacha ushlab turmang: dush qabul qiling, agar imkoni bo‘lmasa, sochiq yoki nam salfetkalardan foydalaning. Issiq, nam havolarda tabiiy matolardan tikilgan liboslardan yengil kiyining. Har kuni kiyimni va ichki kiyimni almashtirishga odatlaning.

Eng yaxshi yordamchi – kuchli antiperspirant!

Albatta, yoqimsiz hidning eng asosiy qismi bu qo‘ltiq ostidan keladi. Shunday ekan, hamisha terimizni ozoda saqlab, qulay holatda yurishga odatlanishimiz kerak. Bunda esa bizga maxsus dezodarantlar yordam beradi. ECO DRY yangi avlod antiperspiranti terlashga qarshi barcha xususiyatlarni o‘zida jamlagan. Tabiiy tarkiblardan iborat bo‘lgan antiperspirant uzoq muddat davomida sizni terlashdan saqlaydi va doimiy qulaylikni hadya etadi.

Nima uchun "ECO DRY"ni tanlaymiz?

  • Terlash va hidni ketqazishga yordam beradi;
  • Kiyimda dog‘ va namlik qoldirmaydi;
  • Tananing barcha terlaydigan qismi (ko‘krak, qo‘ltiq osti, qo‘l kafti, oyoq)ga mos keladi;
  • Bir marotaba qo‘llash 7 kungacha ta'sir qilish kuchini yo‘qotmaydi;

Shuningdek, "ECO DRY" universal vosita bo‘lib, erkaklar va ayollar uchun birdek ta'sir qiladi. Siz antiperspirant samarasini tezda seza boshlaysiz.

Dush qabul qilganda ham qayta qo‘llashga ehtiyoj sezilmaydi, sababi u o‘z ta'sirini uzoq vaqtgacha yo‘qotmaydi.

Mahsulotni sinab ko‘rish uchun dorixona, supermarket va galanteriya do‘konlaridan topish mumkin.

Murojaat uchun telefon: +99899 4004244

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: