Mubashshir Ahmad: AzonTV keng ommaning diniy ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilgan

Jamiyat 11:47 / 14.02.2019 33104

Internet sayt va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yaxshi ma'lum, shu yilning 10 fevral kuni O‘zbekistonda AzonTV onlayn telekanali o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda saytimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham xabar bergan edik. 

Mazkur telekanal O‘zbekistonda onlayn tarzda faoliyat olib boruvchi ilk ilmiy-ma'rifiy telekanal hisoblanadi. Xo‘sh, batafsil aytganda AzonTV qanday telekanal bo‘ladi, tomoshabinlar undan qanday dasturlarni kutishga haqli?

Kun.uz o‘z o‘quvchilaridan kelayotgan shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida telekanal muassisi Mubashshir Ahmad va direktori Temur A'zam bilan suhbat uyushtirdi. Unda AzonTV rahbarlari telekanal faoliyati yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 Jumladan, Mubashshir Ahmad domlaga ko‘ra, onlayn telekanal ahli sunna val jamoa e'tiqodi asosida Islom dinini xalq orasida keng targ‘ib qilish, musulmonlarning savollariga Imom Abu Hanifa mazhablari bo‘yicha javob berishni maqsad qilgan. Shuningdek, onlayn telekanal Sovet davridagi taqiqlar tufayli yuzaga kelgan katta diniy bo‘shliq o‘rnini to‘ldirish, umuman olganda, xalqimiz uchun foydali va manfaatli telekanalga aylanishni maqsad qilgan.

Suhbatdoshlarimiz shuningdek, kelgusida efir setkasidan joy oladigan dasturlar, AzonTV kimlardan andoza olgani, uning moliyaviy ta'minotchilari, internetda bo‘layotgan cheklovlar, shuningdek, tv efirlariga chiqish yoki onlayn tarzda faoliyatni davom ettirish, telekanal faoliyatiga O‘zbekiston musulmonlar diniy idorasidan bo‘lgan munosabat haqida ham qiziqarli fikrlarni bildirishdi. 

Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi videolar orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun, AzonTV onlayn telekanalini endi mediabay.uz orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: