Moliya instituti oldidagi piyodalar o‘tish joyida yangi konstruksiya ilk bor tatbiq etildi

Jamiyat 11:12 / 14.02.2019 11512

Amir Temur ko‘chasining Moliya instituti oldidagi piyodalar o‘tish joyi yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ushbu piyodalar o‘tish joyiga yangi konstruksiya o‘rnatildi. Unga miltillovchi sariq ishorali svetofor, tunda aniq ko‘rinishi uchun yorug‘lik diodli yo‘l belgilari o‘rnatildi. Shuningdek, piyodalar o‘tish joyining yoritilishini kuchaytirish uchun qo‘shimcha chiroqlar joylashtirildi.

Ma'lumot uchun, bunday konstruksiya respublikada, xususan, Toshkent shahrida ilk bor tatbiq etilmoqda. Mazkur qulaylik hududda harakat xavfsizligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: