Milliarderlarning nima keragi bor? Bill Geyts javob beradi

Light 22:05 / 14.02.2019 23926

Butun dunyo bo‘ylab chap radikal siyosatchilar haddan ziyod badavlat ishbilarmonlar boyligining muayyan qismini qo‘lga kiritib, ulardan qutulish haqida orzu qilishadi. Biroq bunday bo‘ladigan bo‘lsa, filantropiya va xayriya bilan kim shug‘ullanadi? Forbes shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

O‘tmish va kelajakda sayyoraning eng badavlat kishisi (Jyeff Bezos turmush o‘rtog‘i bilan rasman ajrashgach, shunday bo‘ladi) Bill Geyts uni o‘tgan asrning eng boy kishisiga aylantirgan o‘z temir mantig‘ini bajonidil namoyish etadi, hatto muhokama mavzusi uning o‘zi yoki milliarder hamkasblari bo‘lsa ham...

"Shunisi qiziqki, odamlarni birinchi marta "Milliarderlarning nima keragi bor? Hashamat uchun soliq solinishi kerakmi?" kabi savollar o‘ylantirmoqda. Bu bahs-munozaralar uchun ajoyib mavzu".

Geytsning bu so‘zlari yaqindagina Amerika tarixidagi birinchi milliarder-prezident yashovchi Trump Tower'dan atigi bir daha narida yangradi. "Fikrimcha, meros uchun soliq solinishi kerak va ehtimol, hozirgidan-da yuqori. Bu masalada Forbes ro‘yxatidagi aksariyat milliarderlar Uorren Baffet bilan meni qo‘llaydi, deb o‘ylamayman - biz bu yerda o‘zimizga o‘zimiz zarar qilyapmiz, - deydi Geyts. - Shuning uchun kapital va mulk soliqqa solinishi kerak yoki kerak emasligiga doir ko‘p bahs-munozaralar olib borilmoqda".

Milliarderlar masalasiga doir qat'iy yondashuvga keladigan bo‘lsak, bu borada Geyts shunday deydi: "Dunyoda milliarderlar qolmasligi kerakligiga oid g‘oya bor, - buni haqiqatda hayotga tatbiq etadigan bo‘lsangiz, yo‘qotganingizdan ko‘pini topa olmaysiz, deb qo‘rqaman".

Keling, Geytsning xayriyaga o‘nlab million mablag‘ sarflayotganiga e'tibor qarataylik - u va turmush o‘rtog‘i Melinda Geyts jahondagi eng yirik xayriya jamg‘armasiga ega. Geyts va Baffetlarning hadya qasamini inobatga olaylik. Geytsning progressiv soliq tizimidan konfiskatsion soliq tizimiga o‘tish, umuman olganda, farovonlik va innovatsiyalar rivojiga kamroq ijobiy ta'sir ko‘rsatishiga oid adolatli fikrini hisobga olamiz. Bill va Melinda tizimli ravishda shu kabi masalalarni tadqiq qilishmoqda.

"Bir inson hayotini saqlab qolayotganingiz 1 million tejayotganingizga qaraganda kattaroq taassurot qoldiradi", - deydi Geyts. - Ajoyib!"

Bunday dunyoqarash Geytslarning har yillik xatida o‘z aksini topadi. Bir qaraganda, bu Geytslarning to‘qqiz iqroriga asoslangan filantropik kuzatuvlar o‘z ifodasini topgan murojaatdir. Aslida esa - barcha xayriyaparvarlar uchun muammolarni yechish emas, ularning oldini olishga bo‘lgan chaqiriqdir. 

Geytslar Becoming A Man (BAM) - noqobil oilalardan chiqqan o‘smir-maktab o‘quvchilariga agressiyaga qarshi kurashishga yordam beruvchi jamoaviy dastur haqida yozishadi. Pekindagi antisanitariya muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan kelajak hojatxonalarini ishlab chiqishga ilhom baxsh etayotgan "hojatxona yarmarkasi" to‘g‘risida yozishadi. Ular yosh avlodi global mehnat bozorini o‘zgartirishga xavf solayotgan Afrikaga qanday kuch va vaqt sarflashayotgani ham qayd etishadi.

Bu tashabbuslarning bari bir narsaga borib taqaladi. Geyts aytganidek, ular "yangi g‘oyalar" yoki "noyob nazariyalar" ilinjida, bu konsepsiyalar amalda ish berishiga oid isbotlar izlashadi: "Yechim topib, uning ko‘lamini kengaytirishni istaganingizdagina, qoidaga ko‘ra, davlat mablag‘i yuzaga keladi".

Vashington hatto eng oddiy siyosatni ham amalga oshira olmasligiga oid dalil muammolarni yechish yo‘lidagi jiddiy to‘siq hisoblanadi. Xorijiy ko‘makni olaylik. Marshall rejasi davridan buyon Amerika xarajatlarining 1 foizdan kamrog‘ini muntazam ravishda ijobiy ROI (investitsiyalarning qoplanish ko‘rsatkichi) ta'minlagan - hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barqarorlik va halokatli kasalliklarga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan. Kongress Trampning xorijiy yordam hajmini qisqartirishga doir takliflarini rad etgan bo‘lsa-da, Geyts hanuz xavotirda: "Buni aslo rad etish kerak emas - ayniqsa ichki siyosatdagi bahs-munozalar va kimlarningdir "Xorijiy mamlakatlarga yordam - bo‘lmag‘ur ish, bizga undan foyda bormi, axir?" deydigan odamlar borligini inobatga oladigan bo‘lsak".

Siyosiy ko‘rlik — global muammo. Geyts ta'lim sohasida ham to‘siqlarga duch keldi: "Biror nimaga erishmoqchi bo‘lganingizda doim siyosatga yo‘liqasiz. Bu barchasini murakkablashtiradi". Oddiy misol: Tarixchi Diana Ravich Geytsning umumta'lim standartlariga qarshi kurashini tanqid qilgan.

Badavlat kishilarning global muammolarni yechishga harakat qilishi ko‘pincha salbiy aks sado keltirib chiqaradi, deya tan oladi Geyts. Bu, masalan, "Nima uchun siz kun tartibini shakllantirishda ishtirok etishingiz kerak ekan?" qabilidagi gaplarda o‘z ifodasini topadi.

Darhaqiqat, nima uchun milliarderlar bizning qanday muammolarga qarshi kurashishimiz kerakligini hal qilishi kerak?

"Filantropiyaning mavjudligiga sabab shuki, hukumat biz istagandek innovatsion bo‘lishga va tavakkal qilishga tayyor emas. Xususiy biznesda tajribaga ega bo‘lgan kishilar esa yaxshi jamoalarni to‘plab, yangicha yondashuvlarni sinovdan o‘tkaza oladi, - deya izoh beradi Geyts. - Filantropiya aynan shu ish bilan shug‘ullanadi".

Geytslar juftligi zamonaviy siyosiy yetakchilar katta ehtimol bilan "barchasini dafn qiluvchi" sohalarda tashabbus bildirib, tavakkal qiladi. Bill Geyts yadroviy qurolning keng tarqalishi bilan bog‘liq muammodan xavotirda - uning hamkasbi Baffet shu yo‘nalishda faoliyat yuritadi. U pandemiyalarga qarshi kurashga juda katta miqdorda va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash uchun undan biroz kamroq pul ajratadi, uning Breakthrough Energy Ventures fondi iqlim o‘zgarishiga qarshi 1 milliard dollar yo‘naltirgan.

Bu orada esa ufqda innovatsiyalar natijasida yuzaga kelgan yangi xavf - sun'iy intellekt paydo bo‘ldi. "Uzoq istiqbolda sun'iy intellekt jiddiy muammoga aylanadi", - deya taxmin qiladi Geyts.

Shunisi diqqatga sazovorki, Geyts ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan bunday fikrda emas. O‘tgan asr "farzandi" bo‘lgan Geyts federal hukumat Microsoft'ning monopolistik harakati deya baholagan muammoga biror kishi duch kelganmi yoki yo‘qligidan hayron, u bugungi kunning "mo‘jizaviy farzandi" bo‘lgan Mark Tsukerbergga hamdard, zero investor Rojyer Makneymi yaqinda Facebook'ni demokratiyani buzishda aybladi.

"Rojyer aytgan gaplar mutlaqo adolatsiz va qisman shafqatsiz, - deydi Geyts. - Ular Markni barchasida ayblashmoqda. Shuni aytmoqchimanki, Tramp Facebook sharofati bilan saylangani yo‘q. Ular "filtrlar pufagi" deyishmoqda. Bularning bari ijtimoiy polyarizatsiya... Keling, aniqlik kiritamiz. Men o‘zim istagan narsalarni o‘qishim mumkin, men "o‘ng" radioni tinglayman, Fox News'ni ko‘raman. Siz Facebook'ni yo‘q qilyapsiz, ammo men baribir o‘z "filtrlar pufagim"da yashayveraman. "Filtrlar pufagi" - mening Facebook'dagi profilim muammosi emas, men "Hoy, Mark, uyg‘on va muammoni hal qilib ber", deya olmayman. Rojyer Makneymida bu muammoni hal qilish uchun hech qanday amaliy yechim yo‘q".

"Bunday vaziyatga tushish og‘ir, - deydi u Tsukerbergga hamdardlik bilan. - Men ham bir marta shunga o‘xshash vaziyatda qolganman. Biroq mening holatimda butun bir jamiyat qilayotgan ishimning yaxshi yo yomonligini hal qilmagan, gap Microsoft'ning sud mojarolari haqida bo‘lgan".

Qanday bo‘lmasin, hatto yirik xayriyalardan keyin ham moliyaviy holati 100 milliard dollarni tashkil qilayotgan Bill Geyts filantropiyani ezgulikka qo‘l urish yo‘lidagi hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ish sifatida ko‘radi. Uning fikricha, tanqidchilarning bari ertami indin buning to‘g‘ri ekanini anglab yetadi.

Ko‘proq yangiliklar: