«Barselona» prezidenti: «Bu mavsum hech qanday sovrin yutmasak ham, Valverde qoladi»

Sport 10:50 / 14.02.2019 3540

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bosh murabbiy Ernesto Valverdega ishonishini ma'lum qildi. Uning so‘zlarini RKB`ga tayanib, Marca nashr qilgan.

«Ishonamanki, Valverde qoladi. U o‘z futbolchilariga ishonadi. Qolaversa, jamoada endigina ikkinchi mavsumini o‘tkazyapti.

Maqsadimiz – barcha musobaqalarda g‘alabaga erishish. Jamoani boshqarishni unga ishonib topshirganman va biz hech narsa yuta olmagan taqdirimizda ham u jamoaga murabbiylik qilishda davom etadi», – dedi Bartomeu.

«Barsa» rahbari, shuningdek, yetakchi futbolchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha hali muzokaralar boshlanmaganini, ammo bu amalga oshishiga ishonchi komil ekanini ham ta'kidladi.

«Messi safimizda o‘ynashda davom etadi. U – klubimiz a'zosi va munosabatlarimiz umrbod davom etadi», - dedi klub prezidenti. 

«Ko‘k-anorranglilar» prezidentiga ko‘ra, himoyachi Jordi Alba bilan ham bitim muddati uzaytiriladi.

«U jamoamizda o‘ynashda davom etish istagida ekanini aytdi. Biz unga yangi shartnoma 5 yillik shartnoma taklif qildik. Muzokaralarimiz davom etishiga umid qilaman», – dedi Xosep Mariya Bartomeu.

Ko‘proq yangiliklar: