​Andijon energetiklari 2019 yilda qator yirik loyihalarni amalga oshiradilar

Jamiyat 17:42 / 14.02.2019 3790

Andijon viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi 2019 yil davomida aholi, sanoat hududlari va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni sifatli va uzliksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash, tarmoqlarni modernizatsiya, rekonstruksiya qilish bilan birgalikda ko‘plab yangi qurilish ishlarini rejali ravishda olib bormoqda.

Korxona joriy yilda “Past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” dasturi doirasida jami 689,3 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 307 dona transformator punktida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlarini bajarishni rejalashtirgan. Bu maqsad uchun sarflanadigan mablag‘ 72,8 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Andijon viloyatida «Obod qishloq» va “Obod mahalla” dasturi doirasida 111 kilometrdan ziyod uzunlikda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va 46 dona transformator punktlarida modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va yangi qurilish ishlari hamda 276,4 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 169 dona transformator punktlari mukammal ta'mirlanadi. 

Iste'molchilarning elektr energiya ta'minotini yanada yaxshilash uchun 1482,24 km elektr uzatish tarmoqlari, 543 dona transformator punktlari hamda 5 dona 35-110 kVA quvvatli transformatorlarni mukammal ta'mirlash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan.

 Korxona tomonidan ikkita yirik loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan biri Xo‘jaobod tumanining Xidirsha MFY hududida 11,7 km tarmoq qurish rejalashtirilgan. Mazkur hududda qurilayotgan uy-joylar, ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun 9 dona 160 kVA quvvatli, 1 dona 250 kVA quvvatli va 400 kVA quvvatli transformator punktlarini qurish loyihalashtirildi.

Bundan tashqari, Xidirsha MFYda qurilishi rejalashtirilgan uy-joylar, maktab, bog‘cha, dam olish oromgohlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha obektlari uchun 110/10 kV kuchlanishli, quvvati 16 000 kVA dan bo‘lgan 2 (ikki) transformatorli podstansiyasi qurish ishlarini loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Yana bir yirik Andijon shahri chetida bunyod etiladigan “Farmetsevtik-iqtisodiy” hudud uchun energiya ta'minoti loyihasi ustida ish olib borilyapti.

Elmurod Ermatov, Andijon

Ko‘proq yangiliklar: