Rossiyada pul topish oson (mi?)

Jamiyat 00:01 / 13.02.2019 65656

Ijtimoiy tarmoqda Rossiyada mehnat qiladigan o‘zbekistonlik muhojirlar ishtirokidagi hazil videorolik tarqaldi. Unda bosh qahramon – Sankt-Peterburg shahrida qor kurayotgan yigit Rossiyada pul topish “juda oson” ekanligini ko‘rsatadi. 

Yigitning aytishicha, bu yerda pullar qor ostida yotadi. “Rossiyada mehnat qilib yuribmiz. Bu yerda pul topish juda oson. Qishda qor kuraymiz, yozda barglarni to‘playmiz – qor va barglar orasidan pullarni terib olamiz. Rossiyada pul topish osonligini bu yerga kelmaganlar bilmaydi”, deydi u.

U buning isboti sifatida qorni bir chetga otish asnosida qor orasidan chiqayotgan pullarni terib oladi. 

Videorolik yakunida u boshqalarni ham ishlagani kelishga taklif qilarkan, qor qancha qalin bo‘lsa pul ham shuncha ko‘p bo‘lishini, yozda esa yanada oson bo‘lishini qo‘shib qo‘yadi.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasida ko‘cha tozalovchi bo‘lib ishlovchi va tomdan qor kurayotganida yiqilib vafot etgan fuqarolardan birining qarindoshining Prezidentga murojaati ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan edi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Shundan so‘ng O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentining bildirishi vazirlik rasmiy saytida e'lon qilindi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining 2018 yil yozdagi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekistonning 3,1 milliondan ortiq fuqarosi migratsion ro‘yxatga qo‘yilgan.

Ayni paytda Rossiyada 10 milliondan ortiq xorijlik fuqarolar bor. Ilk uchlikka Ukraina, O‘zbekiston (taxminan 20%) va Tojikiston (11,3%) fuqarolari kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: