O‘zbekiston xokkey federatsiyasi rahbariyatining yangi tarkibi tasdiqlandi

Sport 19:34 / 13.02.2019 5913

Bugun, 13 fevral kuni O‘zbekiston xokkey federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot Iskandar Qosimovich Shodiyev tashkilot raisiga o‘rinbosar etib saylandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, konferensiyada xokkey federatsiyasi rahbariyatining quyidagicha yangi tarkibi ham tasdiqlangan.

Rais: Baxtiyor Shuhratovich Fozilov
Raisning birinchi o‘rinbosari: Bahodir Ismoilovich Gafurov
Rais o‘rinbosari: Iskandar Qosimovich Shodiyev
Rais o‘rinbosari: Kirill Alekseyevich Matveyev
Bosh kotib: Shukrullo Hamidullayevich Karimov
Ijrochi direktor: Elbek Azimovich Mahmudov

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston xokkey federatsiyasi 2018 yil 28 martda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Baxtiyor Fozilov 30 mart kuni chaqirilgan ta'sis konferensiyasida federatsiya raisi lavozimiga saylangan edi.

Tashkilot hozircha Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) a'zosi emas.

Ko‘proq yangiliklar: