Mbappe Zidandan o‘zib ketib, Ronaldoga tenglashib oldi

Sport 10:41 / 13.02.2019 15791

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe YeChL 1/8 finali doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi birinchi o‘yinda gol muallifi bo‘ldi. Natijada uning Chempionlar ligasidagi jami gollari 14taga yetdi.

Mbappe ushbu ko‘rsatkich bilan Zinedin Zidandan o‘zib ketdi va Ronaldo, Miroslav Kloze, Adriano, David Vilya va Rober Pires kabi futbolchilarga tenglashib oldi.

20 yoshli hujumchi YeChLda 14ta gol urishi uchun 24 uchrashuvda qatnashishi yetarli bo‘ldi. Taqqoslash uchun, Zidan turnirdagi so‘nggi 13-golini 80-o‘yinida urgan, Ronaldo esa 40-o‘yiniga kelibgina 14-to‘pini kiritgan.

Ma'lumot uchun, Yevropa klub futbolidagi eng nufuzli musobaqa to‘purari Krishtianu Ronaldu sanaladi. Uning hisobida 121ta gol bor.

Ko‘proq yangiliklar: