Avtomobilingiz fotoradarga tushganidan xabaringiz yo‘qmi?

Jamiyat 16:15 / 13.02.2019 45886

M39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” (Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li, A373 “Toshkent-O‘sh” (Toshkent shahri va Namangan viloyatini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li va 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” (Toshkent shahri va Bo‘stonliq  tumanlarini bog‘lovchi) avtomobil yo‘li, 4R2 “Toshkent sh.-To‘ytepa sh.-A373 avtoyo‘li” ( Toshkent va Nurafshon shaharlarini bog‘lovchi) avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda ishlab kelmoqda.

Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining bildirishicha, bu haqda ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlari orqali haydovchilar ogohlantirilishiga qaramasdan, 2018 yilning 16 fevral kunidan  hozirga qadar 78 mingdan ortiq qoidabuzarliklar aniqlandi. Qoidabuzar haydovchilarning 15 ming nafardan ziyodi 60 kun muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan. 

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Qoidabuzar haydovchilar tomonidan asosan belgilangan jarimalarni to‘lash tartibi, qoidabuzarlik bo‘yicha xabari yo‘qligi haqidagi savollar ko‘plab kelib tushmoqda. Ushbu savollarni yechimi haqida quyidagi ma'lumotlar taqdim qilindi:

- qoidabuzarlik sodir etilganligi haqidagi ma'lumotni olish uchun, transport vositasini davlat raqam belgisini xamda transport vositasini qayd etish guvohnomasini seriya va raqamini  8860 qisqa raqamiga SMS orqali yuboriladi, oz muddat ichida SMS orqali qoidabuzarlik haqidagi ma'lumot (sodir etilgan sana va jarima miqdori) keladi;
- qoidabuzarlik bo‘yicha belgilangan jarimalar Bank muassasalaridan “Munis” tizimi orqali, plastik kartadan “Click”, “PayMe” ilovalari orqali to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin.

Lekin ushbu ma'lumotlarni bilib turib, to‘lovni amalga oshirmayotgan haydovchilar ham bor. Bunday haydovchilarga nisbatan chora ko‘rish maqsadida Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Toshkent viloyati prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda tadbir va reydlar tashkil etilib, reydlar jarayonida “AUTO CON” uskunasi yordamida 60 kun muddat ichida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni aniqlab ularning avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirilmoqda. 

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat  ichida  jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi. 

Avvalroq, Toshkentdagi mobil radarlar haqida barcha haqiqat taqdim etilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: