Toshkent markazida baland binolar qad rostlaydigan 6 kilometrlik xiyobon paydo bo‘ladi 

O‘zbekiston 00:10 / 12.02.2019 48084

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi baland binolar qad rostlaydigan, uzunligi 6,5 kilometrlik xiyobon paydo bo‘ladi. 

Mirzo-Ulugbek Business City nomli ushbu loyiha 11 fevralda ehtimoliy sarmoyachilarga taqdim qilindi.  

Loyiha Amir Temur xiyobonidan boshlab Hamid Olimjon maydoni, “Buyuk Ipak yo‘li” metro stansiyasi orqali Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialigacha qurilish ishlari olib borilishini ko‘zda tutgan.

Bu yo‘nalish bo‘ylab zamonaviy biznes-ofislar, mehmonxonalar, savdo-ko‘ngilochar markazlari va piyodalar hududlari barpo etiladi.

Loyiha rahbariyatida ta'kidlanishicha, bu obektlarning barchasi “bir arxitekturaviy g‘oya bilan birlashtirilib, zamonaviy texnologik yechimlar bilan to‘ldiriladi va o‘zbek milliy hunarmandchiligi an'analari bilan uyg‘unlikda yaratiladi”.

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, sarmoyachilar loyiha lotlari bo‘yicha auksionda 10 kun ichida ishtirok etishlari mumkin. Loyihaning umumiy maydoni 29 gektarni tashkil qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: