Qoraqalpog‘istondagi dala maydonida yong‘in: qorovulning jasadi topildi

Jamiyat 14:47 / 12.02.2019 9796

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida 11 fevral kuni “Jayhun” OFYda joylashgan “Aziz zamin” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi vagonchada yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida vagonchaning 22 kv.m. maydonida ichki qismi, jihozlari  yonib zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida yuqoridagi fermer xo‘jaligi qorovuli O.O.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘in elektr isitish pechini yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: