Qashqadaryoda 15,4 tonna ammiakli selitra hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotganligi fosh etildi

Jamiyat 16:08 / 12.02.2019 8058

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan hamkorlikda Muborak tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb yozadi O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, tadbir davomida “Qarshi-Xorazm” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro Sh.M. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 308 dona polietilen qopda jami og‘irligi 15,4 tonna bo‘lgan ammiakli selitra mineral o‘g‘itlari hech qanday hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: