O‘zbekistonda umrbod oylik to‘lanadigan sportchilar soni 57 nafarga yetdi

Sport 17:05 / 12.02.2019 68056

O‘zbekistonda umrbod oylik to‘lov oladigan sportchilar ro‘yxati tasdiqlandi, ularning soni 57 nafarni tashkil qilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” qaroriga asosan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari uchun umrbod oylik to‘lovlar to‘lab borilishi belgilangan edi. Qaror ijrosini ta'minlash bo‘yicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 dekabrdagi va joriy yilning 7 fevralidagi tegishli farmoyishlariga asosan, umrbod oylik to‘lov oladigan sportchilar ro‘yxati tasdiqlandi.

Hozircha umrbod oylik to‘lov to‘lab boriladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindori soni - 57 nafar. Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan:

·      Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari;

·      Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari;

·      Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida umrbod oylik to‘lab boriladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: