O‘FA Kubogi. Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati o‘rtasidagi final o‘yinidan fotoreportaj

Sport 19:37 / 12.02.2019 10791

Bugun, 12 fevral kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport saroyida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida futzal bo‘yicha O‘FA Kubogining hal qiluvchi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ular o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan tashkil etildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Turnir 5 bosqichdan iborat bo‘ldi, bugunga qadar o‘tkazilgan to‘rtta bosqichda respublika bo‘ylab jami 130 mingdan ortiq maktab o‘quvchilari qamrab olingandi. Poytaxtda o‘tgan final raundiga mezbon Toshkent shahri, shuningdek, Namangan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari yetib kelishdi.

Yarim finaldan muvaffaqiyatli o‘tgan Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati jamoalari finalda ro‘baro‘ kelishdi. Birinchi bo‘lim mezbonlar ustunligida o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi taymda qashqadaryoliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Va bu tenglik hisobda ham o‘z aksini topdi – 4:4. Bosh sovrin g‘olibiga penaltilar seriyasi aniqlik kiritdi, unda omadliroq chiqqan Toshkent shahri jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida O‘FA va Xalq ta'limi vazirligi mutasaddilari ishtirok etishdi. Bronza medali sohiblari – Namangan va Navoiy viloyatlari jamoalari planshet va ryukzaklar bilan taqdirlangan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni olgan Qashqadaryo jamoasiga velosipedlar topshirildi. Chempion Toshkent shahri jamoasi a'zolariga «PlayStation4» o‘yin qurilmalari sovg‘a qilindi. Shuningdek, turnirning eng yaxshi futbolchisi, to‘purari va darvozaboni ham alohida mukofot bilan taqdirlandi.

Toshkent jamoasi final oldidan
Qashqadaryo jamoasi final oldidan
Final o‘yini oldidan
Toshkent shahri hisobni ochdi – 1:0.
Qashqadaryo hisobni tenglashtirdi – 1:1.
Amirbek Sheraliyev Toshkentni yana hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.
Qashqadaryo yana muvozanatni tikladi – 2:2
Qashqadaryo hisobda oldinga o‘tib oldi – 3:2
Yana hisob tenglashdi – 3:3
Qashqadaryo to‘rtinchi golni urdi – 4:3
Toshkentliklar hisobni tenglashtirdi – 4:4
Yakuniy hisob – 4:4, navbat penaltilar seriyasiga
Chapdan o‘ngga: Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Toshkent
Toshkent shahri jamoasi murabbiyi

 

 

Ko‘proq yangiliklar: