OChL. OKMK irodali g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga chiqdi

Sport 17:59 / 12.02.2019 18387

Osiyo Chempionlar Ligasida 2-bosqich saralash o‘yinlaridan biri o‘tkazildi.

Olmaliqning OKMK klubi o‘z maydonida Tojikiston chempioni «Istiqlol» bilan bellashdi. Mezbonlar ikki marta hisobda orqada borishiga qaramay, yakunda 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

2-daqiqadayoq mehmonlar Rahimovning goli evaziga hisobni ochdilar. 25-daqiqada Jo‘rayev uni tenglashtirdi. 62-daqiqada Kimsanov boshi bilan OKMK darvozasini ishg‘ol qilib, yana «Istiqlol»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng, mezbonlar 10 daqiqa ichida uch marta raqib darvozasiga gol urdilar. Natijada, Shixov, Hakimov va Polvonov gollari evaziga OKMK irodali g‘alabaga erishdi.

Endi OKMK OChL saralashining pley-off bosqichida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi bilan o‘ynaydi. Bellashuv 19 fevral kuni safarda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa OChL guruh bosqichiga yo‘l oladi.

OChL-2019, 2-saralash bosqichi
12 fevral, Olmaliq. OKMK stadioni
OKMK (O‘zbekiston) – Istiqlol (Tojikiston) 4:2 (1:1, 3:1)
Gollar: Jo‘rayev (25), Shixov (72), Hakimov (78), Polvonov (82) – Rahimov (2), Kimsanov (62)
OKMK: 45.Akbar To‘rayev, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Dilshod Jo‘rayev, 8.San'at Shixov, 9.Zafar Polvonov, 11.Zohir Pirimov, 19.Jasur Hasanov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 31.Saydullo Rahmatov, 33.Sardor Rahmonov, 44.Bobur Yuldashov
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 15.Jasur Hakimov, 21.G‘ulomhaydar G‘ulomov, 22.Mirolub Kostich, 23.Akmal Shorahmedov, 36.Shahboz Umarov, 37.Sherzod Fayziyev.
Istiqlol: 22.Nikola Stoshich, 4.Baxtiyor Qalandarov, 5.Iskandar Jalilov, 7.Mixaylo Tsakich, 10.Alisher Jalilov, 11.Muhammadjon Rahimov, 17.Ehsoni Panshanbe, 18.Fatxullo Fatxulloyev, 19.Ahtam Nazarov, 20.Amirbek Jo‘raboyev, 21.Oleksey Larin
Zaxira: 1.Rustam Yatimov, 2.Jalil Kimsanov, 8.Nuriddin Davronov, 13.Nozim Babajonov, 14.Sheriddin Boboyev, 28.Kamron Tursunov, 70.Shahrom Sulaymonov.
Hakamlar: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya), Lakrindis Jorj, Rayan Mark Gallaxer (ikkalasi ham Avstraliya), Dmitriy Mashensev (Qirg‘iziston)
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Xail (Qatar)
Komissar: Kemel Tokabayev (Qirg‘iziston)

Ko‘proq yangiliklar: