Yunon-rum kurashchilari jamoasi xalqaro musobaqada beshta medal olishdi

Sport 12:08 / 11.02.2019 3822

9-10 fevral kunlari Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida reyting turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik besh nafar sportchi sovrindorlar qatoridan joy oldi:

-63 kg: Islomjon Bahromov (oltin)
-63 kg: Feruz To‘xtayev (bronza)
-67 kg: Yelmurat Tasmuradov (oltin)
-97 kg: Jahongir Turdiyev (bronza)
-130 kg: Mo‘minjon Abdullayev (kumush)

O‘zbekiston vakillari ushbu musobaqa orqali Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun reyting ochkolarini ishlab olishdi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari turnirda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Birinchi pog‘onadan Turkiya terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka mezbon Xorvatiya terma jamoasi yakun yasadi.

Foto: MOQ axborot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: