Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartrans» ma'muriy binosida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: dyxx.uz
2019 yilning 11 fevral kuni soat 08:30da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yunusobod tumani, “Buyuk turon” mahallasi A.Temur 1-tor ko‘chasi 6-uyda joylashgan “Toshshahartrans” OAJ binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 5 ta asosiy va 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Bo‘linmalar soat 08:35da voqea joyiga yetib kelib, yong‘in soat 08:52da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in “Toshshahartrans” OAJ binosida ijarada bo‘lgan “VY MIRAGE SONSTRUCTION DESIGN” MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish korxonasi bosh ofisida yuzaga kelib, oqibatda 60 kv. metr maydonda imoratning tom va shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binoning 400 kv. metr maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

15:01
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj

08:53
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi

05:42
Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

11:29 / 09.08.2025