0:10. Sardor Rashidovning Portugaliya chempionatidagi debyuti omadsiz chiqdi

Sport 01:40 / 11.02.2019 64227

Bugun Portugaliya chempionatining 21-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda “Benfika” jamoasi o‘z maydonida “Nas'onal”ni  qabul qildi. E'tiborli tomoni, uchrashuvda mehmon jamoa safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Sardor Rashidov debyut o‘yinini o‘tkazdi.

Afsuski, hamyurtimizning debyuti omadsiz ko‘rinish oldi. Benfika Funshal shahri jamoasini ayab o‘tirmadi, hisob: 10:0.

O‘zbekistonlik futbolchi o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazdi.

Ushbu natijadan so‘ng “Nasonal” 20 ochko bilan turnir jadvalining 16-o‘rnida bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: