Qozog‘istondagi qabristondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Jahon 16:18 / 11.02.2019 75010

Qozog‘istonning Atirau oblasti Politsiya departamenti boshlig‘i Ayan Duysembayev aholi oldida bergan hisobotida Atirau tumanlaridan birida topilgan ayolning jasadi haqida gapirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, marhuma O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, deya xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston. 

«Uning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Tergov manfaati tufayli har qanday ma'lumot oshkor qilinmaydi», - deya ma'lumot bergan Duysenbayev.

Aholining hokimlik vakillari bilan suhbat chog‘ida mahalliy fuqarolardan biri xabar qilishicha, favqulodda holatdan so‘ng odamlar ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolishgan.

26 yanvar kuni musulmonlar qabristonidan yosh ayolning ko‘rpaga o‘ralgan jasadi topilgan. Marhumaning ko‘krak qafasi sohasida jarohat izlari bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: