Ispaniyada qumga rasm chizgan sayyohlar jazolanadi

Jahon 17:02 / 11.02.2019 9252

Ispaniyaning Gran-Kanariya orolida sayyohlarga qumda rasm chizish, sevgi izhor qilish yoki sohilda toshlardan yurak shaklini yasaganlik uchun qamoq jazosigacha berilishi mumkin. The Sun nashri shu haqida xabar berdi. 

Gap shundaki, 400 gektarni egallagan qum tepaliklari orol ekotizimining muhim qismi, tabiiy qo‘riqxonaning eng diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi.  

Ko‘p sayyohlar qumda o‘z ismlarini yozishadi, turli belgilar va rasmlar chizishadi, inson bo‘yi baravar shakllar yasashadi. 

Tabiat muhofazachilarining so‘zlariga ko‘ra, Maspalomas qum tepaliklaridagi muhabbat izhorlari shu qadar yirikki, ular hatto kosmosdan Google Maps suratlarida ham ko‘zga tashlanadi. 

Ekologlarning ta'kidlashicha, dam oluvchilar o‘z vaqtida to‘xtatilmasa, qum tepaliklarining tabiiy go‘zalligi butunlay yo‘qqa chiqishi mumkin. Ular bunda "o‘z san'at asarlari" bilan selfi tushayotgan turistlar aybdor deb hisoblashmoqda. Shuningdek himoyachilar xorijiy gidlarni sohildagi ko‘rsatkichlar sifatida toshlarning bo‘yashda ayblashmoqda, zero vulqon toshlaridagi bunday bo‘yoqlarni o‘chirish juda qiyin.

Manbada qayd etilishicha, barcha xatti-harakatlar noqonuniy bo‘lib, agar jinoyatchilar qo‘lga tushsa, jarimalar va hatto qamoq jazosigacha qo‘llanadi. Jarima hajmi - 600 yevrogacha, shuningdek qonunni buzgan kishilar hududni tiklash ishlari uchun ham to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. 

Mahalliy hukumat atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan ta'lim kampaniyasi boshlanishi haqida e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, biroz vaqt o‘tgach sanksiyalar kuchaytiriladi va patrullar soni oshiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: