Inha universiteti abiturentlar va ota-onalar uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazadi

Jamiyat 14:43 / 11.02.2019 3512

Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, hamda ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazadi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti ma'muriyatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, OTM bu yil “Ochiq eshiklar kuni”ni 2019 yilning 16 fevralida  o‘tkazadi.

“Ochiq eshiklar kuni” Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 9 manzili bo‘yicha joylashgan  Inha universiteti binosida soat 10.00da boshlanadi. Kun davomida tashrif buyuruvchilar universitet, hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar, hamda ota-onalarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytaradi.

Ko‘proq yangiliklar: