Chinozdagi uydan 4 000 dollarni o‘g‘irlab ketgan uch shaxs qo‘lga tushdi

Jamiyat 12:00 / 11.02.2019 6761

2019 yil 7 fevral kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi B.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 5 fevral kuni soat 10:00 dan 11:10 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs uning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan 600 000 so‘m puli va 4 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent tumani Qizg‘aldoq mahallasida yashovchi B.B., Chinoz tumani Xo‘ja mahallasida yashovchi A.J. va Zangiota tumani Ittifoq mahallasida yashovchi M.X. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: