AQSh va Britaniyada avtomobillarning katalitik konverterlari ommaviy ravishda o‘g‘irlanmoqda

Jahon 23:08 / 11.02.2019 7764

Oxirgi yarim yil ichida palladiy tanqisligi sababli 50 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi. Shu sababli avtomobilsozlik sanoatida benzin dvigatellari chiqaruvchi zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish uchun qo‘llanuvchi bu metall 2002 yil yanvaridan beri ilk bor oltindan qimmat tura boshladi. Bu esa AQSh va Britanidyaa mashinalardagi katalitik konvertorlarning ommaviy ravishda o‘g‘irlanishiga olib keldi. 

Palladiy bozorida anchadan beri taklif tanqisligi kuzatilmoqda va ko‘plab mutaxassislar u yaqin yillarda ham saqlanib qolishini prognoz qilishmoqda. Bu avtomobillarga ekologik talablarning qat'iylashtirilishi sababli palladiyga talab oshgani bilan bog‘langan. 

Dunyoda palladiy ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya “Nornikel” prognozlariga ko‘ra, metallning bozordagi tanqisligi 2025 yilgacha saqlanib qoladi, joriy yilda esa 1,4 mln unsiyaga yetadi.

Katalitik konverter avtomobilning chiqindi gazlarni chiqarish tizimida o‘rnatiluvchi maxsus qurilma bo‘lib, chiqindi gazlar zaharliligi darajasini kamaytirishni ta'minlaydi. Uning katalitik qatlamida palladiy qo‘llanadi.

Ko‘proq yangiliklar: