AKFA yuqori texnologiyalari: xonadoningizda yanada ko‘proq issiqlik!

Jamiyat 09:00 / 11.02.2019 15890
Foto: AKFA

Isitish uskunalarining samarali tanlovi, u yakka tartibda isitish tizimi o‘rnatilgan hovli yoki ko‘p qavatli uylardagi xonadon bo‘lishidan qat'iy nazar, kundalik turmushda qulay shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bozorimizda o‘zini namoyon etib ulgurgan AKFA milliy brendi mamnuniyat bilan xonadoningiz uchun mutlaqo yangi issiqlik va shinamlik mahsulotini – ikki konturli devorga o‘rnatiladigan, gaz bilan isitiladigan qozonni taqdim etadi.

AKFA mustaqil ikki konturli isitish qozoni, isitish va issiq suv ta'minoti tizimini tashkil etish uchun eng ommabop va qulay yechimlaridan biri hisoblanadi. Uskuna ixcham, chidamli, ko‘p funksiyali, samarali xavfsizlik tizimiga ega va elektr energiyasini tejaydi. Uskuna bo‘lg‘usi iste'molchi uchun ko‘p afzalliklarga ega va o‘rnatishda ko‘p joy talab etmaydi.

Foto: AKFA

Ilg‘or xavfsizlik texnologiyalari sharofati bilan xonadoningizdan mutlaqo xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi! Ushbu isitish qozonlarida gaz sizib chiqish datchiklari (boshqaruv bloki gaz chiqish holatini darhol aniqlab, ikkita elektromagnit klapanini avtomatik tarzda yopadi, bu esa o‘z navbatida portlash yoki is gazi bilan zaharlanish holatlarining oldini oladi), seysmik datchigi (zilzila magnitudasi 4 dan yuqori bo‘lgan silkinishlarda ishlab ketib isitish qozonini o‘chirish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatining oldini oladi), issiqlik almashinish qurilmalari ortiqcha qizib ketganda yoki gaz bosimi pasayib ketganda avtomatik o‘chirish funksiyasi, nosozliklar diagnostikasi va issiq suvni darhol uzatish funksiyalari nazarda tutilgan.

Yuqori texnologiyalar sharofati bilan yilning qish mavsumida isitish qozonini muzlab qolishdan saqlash tizimi ham mavjud. Bunda (xona termostati o‘rnatilgan) xonada belgilangan harorat 1˚S ga pasayganda yoki ko‘tarilganda, isitish qozoni belgilangan haroratni saqlash maqsadida avtomatik tarzda yoqiladi yoki o‘chiriladi.

Sizning qulayligingiz uchun isitish qozoni to‘plamiga termostat o‘rnatilgan pult kiradi va uning yordamida isitish qozonini 40 metrgacha masofadan qulay boshqarish, dasturlash va energiya resurslarini sezilarli darajada tejash mumkin.

Birlamchi issiqlik almashinish qurilmalarida qo‘llaniladigan yuqori sifatli mis va alyuminiydan ishlab chiqarilgan materiallar, zanglashning oldini oladi va issiqlik o‘tkazishni oshiradi. Siz narxi nisbatan past bo‘lgan “aqlli” va xavfsiz isitish qozonlarini xarid qilib, qozonxona qurilishiga ehtiyoj bo‘lmaganligi hisobiga ham mablag‘ingizni tejashingiz mumkin. Iste'molchilarga qulaylik uchun O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlari bo‘ylab servis markazlar ochilgan.

Foto: AKFA

AKFA ikki konturli isitish qozonlari, 27 fevraldan 1 martga qadar bo‘lib o‘tadigan  8-Xalqaro Aquatherm-2019 ko‘rgazmasida ishtirok etadi.

AKFA – yuqori texnologiyalar har bir xonadonda!

🌐 www.akfa.uz
📞+998 71 203 00 00
Telegram: @AKFAGROUP_Official

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: