Eng ko‘p ovoz Messi va Pogbada. Yanvar oyi terma jamoasi tuzildi

Sport 18:16 / 10.02.2019 9825

Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi (ESM) qit'adagi milliy chempionatlar bo‘yicha yanvar oyining ramziy terma jamoasini tuzdi.

An'anaviy ravishda La Gazzetta dello Sport (Italiya), A Bola (Portugaliya), Marca (Ispaniya), De Telegraaf (Niderlandiya), Kicker (Germaniya), World Soccer (Angliya), Frankfurter Allgemeine (Germaniya), Tipsbladet (Daniya), ELF Voetbal (Niderlandiya), Fanatik (Turkiya), Nemzeti Sport (Vengriya), Sport Voetbal Magazine (Belgiya) nashrlari va Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri ESM so‘rovnomasida ishtirok etgan.

Hammadan ko‘p ovoz Lionel Messi («Barselona»), Pol Pogba («MYu») va Jordi Albaga («Barselona») berilgan.

Yanvar oyining ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: David De Xea «MYu»;
Himoyachilar: Jordi Alba («Barselona»), Serxio Ramos («Real»), Virjiyl van Deyk («Liverpul»), Hakimi («Borussiya»);
Yarimhimoyachilar: Goretska («Bavariya»), Pol Pogba («Manchester Yunayted»), Leroy Sane («Manchester Siti»);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Duvan Sapata («Atalanta»), Lionel Messi («Barselona»).

Bundan tashqari quyidagi futbolchilar ESM talqini bo‘yicha ramziy terma jamoadan o‘rin olish uchun da'vogarlik qilishgandi:

Darvozabonlar: Donnarumma («Milan»), Alisson («Liverpul»), Oblak («Atletiko»);
Himoyachilar: Joau Kanselu, Rugani, Aleks Sandro (barchasi – «Yuventus»), Godin, Arias, Ximenes (barchasi – «Atletiko»), Marselo («Lion»), Lindelyof («Manchester Yunayted»), Eder Militau («Portu»), Uoker, Lyaport (ikkisi – «Manchester Siti»), Elvedi, Ginter (ikkisi – «Borussiya» M), Koselni («Arsenal»), Aleksandr-Arnold («Liverpul»), David Luiz («Chelsi»), Pike («Barselona»), Tiagu Silva («PSJ»), Lala («Strasbur»);
Yarimhimoyachilar: Modrich («Real»), Eriksen («Tottenhem»), Joau Moutinyu («Vulverhempton»), Partey («Atletiko»), Kante, E.Azar (ikkisi – «Chelsi»), Dzaiolo («Roma»), Vitsel («Borussiya» D), De Bryuyne, Fernandinyu (ikkisi – «Manchester Siti»), Artur («Barselona»), Errera («Portu»), Pepe («Lill»);
Hujumchilar: Kvalyarella («Sampdoriya»), T.Azar («Borussiya» M), Reshford («Manchester Yunayted»), Iguain («Chelsi»), Aguero («Manchester Siti»), Yovich («Ayntraxt» F), Di Mariya («PSJ»).

Ko‘proq yangiliklar: