O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi

Jamiyat 13:18 / 10.02.2019 11743

O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri bo‘lgan Yevropa kinobozorida birinchi marta o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.

Xalqaro kinofestivalda o‘zbekistonlik tajribali va yosh kino mutaxassislar xorijning nufuzli kinokompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Mazkur muzokaralar Turkiya, Fransiya, Italiya, Ukraina, Ispaniya, Misr va Buyuk Britaniya mamlakatlari vakillari bilan o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda kinofestivalda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasini Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasiga a'zo bo‘lish masalasi ko‘rib chiqilyapti. «Scorpion» filmi esa Buyuk Britaniyaning pavilonida sotilmoqda. 

Shuningdek, O‘zbekistonda an'anaviy o‘tkazilayotgan PROlogue kinofestivali taqdimotlari ham davom etmoqda.

Kinofestivalda ishtirok etgan hindistonlik aktyor Rangvir Sinh o‘zbek kinosidan takliflar bo‘lsa, bajonidil qabul qilib, o‘zbek aktyorlari bilan birga rol o‘ynash niyati borligini ta'kidlagan.

Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar qilish hamda xorij kinokompaniyalarini yurtimizga filmlar suratga olish uchun taklif etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishmoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu pavilonni tashkillashtirishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko‘maklashdi.

Ko‘proq yangiliklar: